Biz haqimizda

Kompaniya haqida

Crafers – bu sneklar, qandolat mahsulotlari va boshqa yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi O‘zbekistonning yirik korxonasi.  Crafers – bu 35 000 m2 maydonni egallagan va Yevropa uskunalariga ega zamonaviy qandolat fabrikasi. 800 nafar xodim har bir xonadonga sevimli va ishonchli shirinliklarini yetkazib berish maqsadida fidoyilik va qatʼiyat bilan mehnat qilmoqda.

Korxonaning yaratilish tarixi

Fabrikaga 2016-yilda asos solingan bo‘lib, u sakkiz oy davomida to‘liq buzilgan eski zavod o‘rnida qad ko‘tardi. Buning uchun mahalliy hamda Yevropa va Rossiyadan taklif etilgan xorijiy mutaxassislardan iborat jamoa yig‘ildi.

Bizning fabrika Markaziy Osiyodagi eng katta korxona hisoblanadi. Mahsulotlarimiz dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga yetkazib beriladi. Crafers kompaniyasi xalqaro sifat standartlariga javob beradigan bir nechta sertifikatlarga ega, ular orasida “Halol” sertifikati ham bor.

Crafers mahsulotlari turi

Crafers 130 dan ortiq mahsulot turini turfa shaklda ishlab chiqaradi. Bunday rang-baranglik peshtaxtalarni eng ommabop qandolat mahsulotlari bilan to‘ldirish uchun bemalol yetadi.

Korxonadagi ishlab chiqarish zanjirida bir soat ichida 80 kilogrammdan 1 tonnagacha karamel tayyorlanadi. Marmelad mahsuloti undan biroz kamroq, yaʼni 80% lik yuklamada bir soatda o‘rtacha 8-10 tonna mahsulot tayyor bo‘ladi.

Kompaniyamizning o‘ziga xosligi:

1. Mahsulotlarimiz import xomashyodan tayyorlanadi. Masalan, kakao kukuni Gannadan, baʼzi qo‘shimchalar va nachinkalar Yevropa, Braziliya, Malayziya, yaqin va uzoq xorijiy davlatlardan olib kelinadi.

2. Ishlab chiqarish jarayoni. Xorijiy asboblarni sozlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish va xodimlarni o‘qitish bo‘yicha Yevropadan kelgan mutaxassislar shug‘ullanadi.

3. Ishlab chiqarish zanjirining cheksiz imkoniyatlari. Biz har xil turdagi pechenye va boshqa mahsulotlarni tayyorlay olamiz.

4. Omborxonamiz FIFO avtomatlashgan tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu tizim birinchi kelib tushgan mahsulotni birinchi bo`lib belgilangan joyga yetkazib berishga imkon beradi.

5. Daqiqasiga taxminan 1200 dona, yaʼni bir soniyada 20 ta konfetni o‘rash tezligiga ega uskunalar.

6. Crafers kompaniyasining o‘z avtoparki bor. Biz respublikamizning eng chekka hududlariga ham mahsulot yetkazib beramiz.

Sayohat

Har bir qiziquvchi inson CRAFERS fabrikasiga sayohatga kelishi mumkin. Sayohat davomida shirinliklarni ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlarimizning isteʼmol uchun xavfsiz ekanligi va ishlab chiqarish jarayonida barcha sanitar meʼyorlarga rioya etilishiga shaxsan guvoh bo‘ladi. Eng muhimi, mehmonimiz sayr qilish bilan birga, vaqtini aʼlo darajada o‘tkazadi. 

Bizning sertifikatlar